Ishchining haqqidan ushlab qolish

Ishchi belgilangan ish vaqtidan ozgina kechiksa, boshliq uning maoshidan jarima deb ushlab qolishga haqqi bormi? Oldindan tashakkur! Alloh sizni va oilangizni O‘z panohida asrasin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Shartnomada qayd qilingan bo‘lsa, ushlab qolishga haqqi bor. Chunki ishchi soatiga haq oladi. Ishlamay haq olishi mumkin emas. Shuning uchun ortiqcha ishlasa, ortiqcha haq oladi.

26 May 2022, 18:40 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar