"Mandal" deb ataladigan "marosim" haqida

Assalomu alaykum, Shayx Hazratlari. Sizga bir masalada savolim bor edi. Eshitishimga karaganda bir ayol jamoat tuzib ayollar bilan majlis o‘tkazar ekan. Lekin u ayol avvaldan hech qanday ilmga ega emas. Uning aytishicha u o‘z ishlari "Vahiy va izn" orqali ayon bo‘lar ekan va izn berilsagina o‘sha ishni qilar ekan. Shu ayol "Mandal" deb ataladigan "marosim" o‘tkazarkan. Aytishlaricha, bunda erga oq surup solinib, ayollar qibla tomonga qarab saf tortib turarkanlar va shu ayol jo‘rligida salovatlar, tahlillar va shunga o‘xshash bazi duolar o‘qilarkan. Ayol turgan holatida “Yosin” surasini o‘qir ekan. "Marosim" tugagach avval o‘ng oyoq 11 marta, keyin chap oyok 7 marta erga zarb bilan urilib, chap oyoq bilan "Mandaldan" chiqilar ekan. Shu narsa qanchalik haqiqat va to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligiga oydinlik kiritib bersangiz. Javob uchun rahmat. --- Muhtaram Ustoz! Mandal to‘g‘risida berilgan savolga shuni qo‘shimcha qilmoqchi edimki, o‘shanday marosimlarni taniqli olima ayollar qo‘llab quvvatlab yurganliklari ma’lum.  U ayollar payg‘ambarlikni davo qilmaydilarku? Faqat Allohni iznisiz hech ish qilmayman, deb doimo istixora qiladilar. Shunda ham u marosim joiz emasmi? Shu yo‘l bilan u ayol bemorlarni davolashlarini bilardik. Savolda odobsizlik qilgan bo‘lsam uzr USTOZ?! Baxtimizga doimo OMON bo‘ling!  
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Shariatda yo‘q narsani qilgandan keyin yana nima kerak. Bu juda ham katta gunoh. Vahiy faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga tushgan. Kim menga vahiy orqali bilim kelmoqda desa, payg‘abarlik da’vo qilgan bo‘ladi. U ayol qilayotgan barcha ishlar noshar’iydir. Bu zalolatdir. Unga mutlaqo yaqin borib bo‘lmaydir.https://savollar.islom.uz/smf/index.php/topic,32805.0

26 May 2022, 18:11 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar