GM avtomobillari

Bismillahir Rohmanir Rohim. Assalomu alaykum hurmatli Shayx xazratlari. Bir masalaga aniqlik kiritish maqsadida savol bilan murojaat etmoqchi edim. Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillardagi belgilarning xoch yoki boshqa oddiy belgiligi to‘g‘risida berilgan savolga quyidagicha javob bergan ekansiz. Iqtibos: - Buni tashkil qilganlarning niyatiga bog‘liq. Agar ular buni xoch deb diniy niyat bilan qo‘ygan bo‘lsa, xoch deb e’tibor qilinadi. Bo‘lmasa, oddiy va boshqa belgilarga o‘xshash belgi bo‘ladi. Savol shundan iboratki, xozirgi kunda bu avtomobillardan yurtimiz aholisi foydalanmoqda va ularning ko‘pchiligi musulmonlar. Shuni inobatga olib, yurtimiz yoki dunyo musulmon olimlari tomonidan bu belgidan asl maqsad nima ekanligi surishtirilganmi? Ochig‘i men ham shu rusumdagi avtomobildan foydalanaman, lekin undagi belgi xoch bo‘lishi mumkinligini esa yuqoridagi savolni o‘qiganimdan keyingina bildim. Ungacha esa bu xatto xayolimga ham kelmagan edi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu borada aniq gap yo‘q.

2 May 2022, 13:23 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar