Sovuq vaqtda tayammum qilib namoz o‘qish

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx hazratlari! Agar kishiga tahorat yoki g‘usl vojib bo‘lgan bo‘lsa, etarli suv bo‘lsa-yu, ammo havo sovuqligi sababli o‘ziga biror zarar kelishidan qo‘rqib tayammum qilib namoz o‘qisa, Qur’on o‘rganish uchun dars qilsa, ya’ni tajvid darslarini o‘rgansa joizmi? Buning hukmi qanday bo‘ladi? Chunki, bir sa’riyada Amr ibn Os roziyallohu anhu hazratlari shunday qilganlarida Rasululloh solallohu alayhi vasallam u kishini tasdiqlaganlarini eshitgandim, siyrat darslarida. Javobingizni intizor bo‘lib kutamiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Halok bo‘lish yoki qattiq bemor bo‘lish xavfi bo‘lsa, boshqa iloji bo‘lmasa bo‘ladi. Ammo ilojini topish kerak.

26 May 2022, 18:18 | Savol-javoblar | 191 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar