Afrikaning jahon taraqqiyotidan orqada qolgan xalqlariga Islomni tanitish
Shayx Hazratlari bugungi kunda 30 million kv km hududga ega bo‘lgan Afrika qit’asida 64 da davlat bor. Shulardan 52tasi mustaqil. Afrika davlatlari 3 kategoriyaga bo‘linadi. (A;B;D) A) kategoriyaga rivojlangan bo‘lib unga asosan Islomiy davlatlar kiradi (misr, livia, jazoir, tunis vhk) B) kategoriyaga o‘rtahol davlatlar kiradi. D) kategoriyaga esa umuman qoloq, ibtidoiy jamoa shaklida yashaydiganlär kiradi. Ularda na madaniyat va na ong bor. Tillari va dinlari hali fanga ma’lum bo‘lmagan. BMT ularga jahon sivilizatsiyasini olib kirish yo‘lida xizmat qilmoqchi bo‘lganlarga katta grandlar ajratgan. Savolim shundan iboratki: Nega muslmonlar shu ishni qilishmaydi? Nega ularni Islomga chaqirmaydi? Ularga haqni tanitmaydi? Jahonda muslmon davlat yoki muslmon jamiyat, hech bo‘lmasa muslmon shaxs bittaga ko‘paysa bu quvonarli holku. Bilaman aytgan bilan hech narsa o‘zgarmaydi. Lekin Islomiy tashkilotlar shuni tashkil qilishsa bo‘ladiku. Har xil jihodni da’vo qiluvchi guruxlar mana shu ishga qo‘l urishsa hayrliroq emasmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Musulmonlar ularni islomga chaqirmasligini sizga kim aytdi. Bu gapni qaerdan oldingiz? Nimga bilib bilmay musulmonlarga osilasiz? O‘sha siz aytayotgan Afrikada eng tez va keng tarqalayotgan din Islom ekanini allaqachon hamma tan olgan!
26 May 2022, 23:17 | Savol-javoblar | 185 | Turli savollar