Tirsakdagi yara
Assalomu alaykum! O‘ng qo‘limga (tirsakdan teparoq 10 santimetr atrofida) kattaligi piyolaning orqasidan kichikroq yara chiqqan. Qanday sababdan chiqqanini va qanday yaraligini hech tushuna olmadim. Undan suyuqlik ajraladi (rangsiz yoki sal sarg‘ish, qo‘lga tegsa yopishqoq, yiring emasligi aniq). Namozlarimni baribir qoldirmasdan o‘qiyapman. Endi shu kunlarda tahoratda suv tekkazmayapman lekin baribir g‘usl qilaman. Shu yaramdan namoz paytida ham kiyimimga tegib uni namlantiradi va iz qoldiradi. Ko‘p kiyim almashtiraman. Namozlarim durustmikan deb juda ko‘p o‘ylayapman. Suv tegsa yana chiqadi suyuqlik. Tegmasam bitarmikan deb o‘yladim, bitmayapti. U yara mutlaqo og‘riq bermaydi, faqat namozlarimni o‘ylayapman. Salfetkalar ham qo‘yib namoz o‘qib ko‘rdim, salfetkalar tushib ketadi. Shu tarzda davom etaveraymi? Namozlarim durustmi? Kifoya kitobining poklik qismida yara haqida alohida gapirilmagan ekan. Tashakkur
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Biror dorili bintni qo‘yib ustidan plastirlab oling. Yon atrofini yuvasiz bintning ustiga mash tortasiz. Shunda kiyimingizga ham suv tegmaydi. Yara uchun har namozga g‘usl qilish shart emas. Tahoratning o‘zi kifoya qiladi. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 19:32 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar