Plastik kartadan harid qilish

Assalomu Alaykum, Hurmatli Ustoz! Sizga Allohdan yordam so‘ragan holda bir savol bilan murojaat qilmoqchi edim, saytdan izlab aynan shunday mazmundagi savol topolmadim. Do‘kondan bir narsa sotib olmoqchi edim. Do‘kondagilar shu narsaning narxini : “Plastik karta bo‘lsa 190.000so‘m”, “Naqd pul bo‘lsa 180.000 so‘m” bo‘lishini aytishdi. Menda naqd pul bor edi. Shu vaziyatni do‘stimga aytganimda, u “180.000 so‘mni menga ber, men senga o‘z plastik kartamdan shu narsani olib beraman” dedi. Va u 190.000 so‘m to‘lab, shu narsani menga olib berdi. Savol: Men do‘stimga 180.000 so‘m berishim to‘g‘ri bo‘ladimi? Riboga aralashib qolmaymizmi? Xayrli ishlaringizni Alloh davomli qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Agar do‘stingiz mazkur narsani sotib olib, o‘zining mulki bo‘lganidan keyin sizga yangi savdo ila sotganida to‘g‘ri bo‘lar edi.

26 May 2022, 20:28 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar