Aqidaparast so‘zining ma’nosi
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ustoz, Hozirgi paytda tez-tez uchrab turadigan so‘z, “aqidaparast” so‘zini qanday tushunsak bo‘ladi? Buni ma’nosi nima, ijobiymi yoki salbiymi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Buni o‘sha so‘zni ishlatadiganlardan so‘rash kerak. Agar e’tibor beradigan bo‘lsangiz Islomiy adabiyotda bu so‘z yo‘q. Uni hech kim ishlatmaydi. Agar o‘zimizcha sharh qiladigan bo‘lsak, aqida so‘zi arabcha bo‘lib e’tiqod qilish ma’nosini bildiradi. Parast so‘zi forscha bo‘lib ko‘proq berilish, mahkam yopishib olish ma’nosini bildiradi. Shundan kelib chiqib aqidaparast - aqidaga berilgan degan ma’noni anglatadi. Siz bu so‘zni ishlatilganini bilgan joylaringizda salbiy ma’noda ishlatilgan.
26 May 2022, 18:25 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar