Maishiy buyumlarga najosat tegsa

Assalomu alaykum! Alloh qilayotgan bu hayrli ishlaringizni ajrini mukammal qilib bersin! Agar telefon, naushnik, quvvatlash moslamasi shunga o‘xshash suv bilan yuvilsa ishdan chiqish extimoli bor narsalarga bexosdan asari ko‘rinadigan(qon, bola qusug‘i kabi) yoki ko‘rinmaydigan(extiyotsizlik natijasida oz miqdorda peshob kabi) najosat tegsa qanday poklanadi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Temir, shisha, plastmassa kabi narsalar o‘zlariga najosat shimmaydi. Shuning uchun ulardan najosatning asari (hidi, rangi) qolmasa kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar