Qur’on tilovatini doimiy ravishda (audio orqali) eshitish
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Allohning fazli ila yaqinda farzandlik bo‘ldim. Sizdan so‘ramoqchi bo‘lgan savolim shundan iboratki, farzandimga doimiy ravishda (har kuni ertalabdan kechgacha yoki kunning asosiy qismi mobaynida) Qur’oni Karim tilovatini magnitafon yoki shu kabi texnik vositalar orqali qo‘yib qo‘ysam bo‘ladimi? Va mana shu holatda o‘zim boshqa ish bilan mashg‘ul bo‘lsam Qur’onga nisbatan behurmatlik qilgan bo‘lmaymanmi? Javobingiz uchun rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Boshqa ish Qur’oni Karimni tinglashga xalaqit bermasligi shart.
26 May 2022, 18:26 | Savol-javoblar | 130 | Qur’oni karim
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Boshqa ish Qur’oni Karimni tinglashga xalaqit bermasligi shart.
26 May 2022, 18:26 | Savol-javoblar | 130 | Qur’oni karim