tush kurish

Avalam bor Assalomu alaykum! mani kizim bor xudoga shukr yoshi 1ga tuldi xar kuni tunda yiglap uygonadi yana uxlap koladi yana yiglap uygonadi yana yiglap uxlap koladi manimcha xech kaeri ogrimiydi kundizi yaxshi yuradi lekin tunda uygonip ketadi yomon tush kuradimi nima kilsam buladi ukitish kerakmi kanday maslaxat bereasizlar javobingiz uchun oldindan raxmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tunda va tongda o‘qigan zikrlarini o‘qing va quyidagi hadisda kelgan duolarni ham o‘qing. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يُعَوِّذُ الْحَسَنَ وَالْحُسَيْنَ يَقُولُ: أُعِيذُكُمَا بِكَلِمَاتِ اللهِ التَّامَّةِ مِنْ كُلِّ شَيْطَانٍ وَهَامَّةٍ وَمِنْ كُلِّ عَيْنٍ لَامَّةٍ، ثُمَّ يَقُولُ: كَانَ أَبُوكُمْ يُعَوِّذُ بِهِمَا إِسْمَاعِيلَ وَإِسْحاَقَ عَلَيْهِمُ السَّلَامُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ بِسَنَدٍ صَحِيحٍ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Hasan va Husaynga panoh tilab: «U’iyzukumaa bikalimaatillahit-taammati min kulli shaytonin va haammatin. Va min kulli aynin laammatin» der va so‘ngra: «Bobongiz bular ila Ismoil va Ishoq alayhimussalomga panoh tilar edi», der edilar». Abu Dovud va Termiziy sahih sanad ila rivoyat qilganlar. Sharh: Duoning ma’nosi bunday: «Ikkingizga Allohning tugal kalimalari ila har bir shaytondan va zararkunandadan hamda gunohkor ko‘zdan panoh tilayman». Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning «Bobongiz bular ila Ismoil va Ishoqqa panoh tilar edi», deganlari «Ibrohim alayhissalom o‘g‘illari Ismoil va Ishoq alayhimussalomga xuddi mana shu duo ila panoh so‘rar edi», deganlaridir. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 02:45 | Savol-javoblar | 180 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar