Hojatxona tahorat qiladigan xonaning ichida bo‘lsa

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx hazratlari! Bizning uyimizda hojatxona cho‘milish xonasining ichida joylashgan. Tahorat qilmoqchi bo‘lganimda "bismilloh" ni aytish kerakligini bilaman. Lekin "hojatxonada Allohni zikr qilib bo‘lmaydi" deb o‘qigandim. Shunday holatda nima qilishim kerak? Bismillohni aytishim kerakmi yoki yo‘qmi? Iltimos, haqqimizga duo qilsangiz. Farzand kutmoqdamiz, uning ham haqqiga duo qilsangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu kabi xojatxonalarda najosat qolmasligi sabab bo‘laveradi.

26 May 2022, 18:44 | Savol-javoblar | 161 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar