Musofirning sunnati

Assalomu alaykum! Avvallari men musofir namozida sunnat namozini o‘qilmaydi deb o‘ylardim. Yaqindan boshlab o‘qiyabman. Manbalarda faqat "farz namozining 4 rakatlari" deb keltirilgani uchun peshin namozining 4 rakat sunnatini to‘liq o‘qiyapman. Lekin qasddan 4 rakat o‘qish gunoh ekanligini bilib shunga ikkilanib qoldim. 4 rakat o‘qib gunox qilib qo‘ymayapmanmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qasddan 4 rak’at o‘qish gunoh deyilgan gap farz haqida. Sunnat namozlarini yo‘lda ketayotib qoldirish joiz. Farzlarini qasr qilib o‘qilinadi. Biror joyga borib bemalol joyga borilganda sunnatlari ham o‘qiladi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 22:45 | Savol-javoblar | 172 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar