Bu pulni oilam uchun ishlatsam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Tarmoqli marketing haqida bergan savolimga javobingiz uchun tashakkur. Chin dildan pushaymon bo‘lib tavba qilyapman. Endigi savolim. 1. Ishni to‘xtatgach ham hisob raqamimga daromad chiqib turibdi. Bu pulni ehtiyojlarimga ishlatsam bo‘ladimi? 2. Shu ishdan olgan foydamdan choyxona tijorati uchun jihozlar sotib olgandim. Foydalansam joizmi? 3. Daromadi faqat tarmoqli tijoratdan bo‘lgan tanishlarimning mehmondorchilikka davatini qabul qilish, ular bilan bir davrada o‘tirish va ularning taomidan eyish halolmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Bo‘lmaydi. 2. Joiz emas. 3. Mumkin emas.

26 May 2022, 18:50 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar