Qur’on bag‘ishlash haqida ixtilof

Assalomu alaykum! Qur’onni o‘qib savobini bag‘ishlash ixtilofli masala deb ko‘p eshitdim. Lekin bag‘ishlashning karohiyati yo‘q degan fikrni to‘g‘ri deb bilaman. Ammo shunday deb aytayotga ustozim ham bor. "Qur’on o‘qib savob bag‘ishlash joiz, hatm qilib savobini bag‘ishlash ham joiz, ammo xatmni boshlashdan oldin niyat qilganda xolis Alloh uchun deb boshlanib, keyin undan savob hosil bo‘lsa bag‘ishlasa joiz, boshlaganda bir odamni qasb qilib shunga bag‘ishlash niyatida xatmni boshlash bid’at amal deb, raddul muxtor, "bazoziya" deganday bo‘ldi, shularda ochib ko‘r, bid’at deyilgan huddi oxirgi ko‘rinish bo‘lib qolsa, dedi. Endi shubxa paydo bo‘ldi. Uning so‘zi haqmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haq evaziga yoki kimnidir buyurtmasiga binoan o‘qimasin. Maqsad qilib, Allohning roziligini istab xatm qilinsa, albatta savobi etadi. Xolis Alloh uchun o‘qilmasa qanday qilib savob xosil bo‘ladi. Ibodatlarda ijaraga olish degan narsa yo‘q. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 09:13 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar