Mulk surasining 3-oyati o‘qilishi

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Mulk surasining 3-oyatini o‘qilishiga tushunolmadim. Maslahat bersangiz. "Allaziy xolaqo sab’a samaavaatII" deb o‘qiladimi yoki "Allaziy xoloqa sab’a samaavaatIIN" debmi yoki boshqacha?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
"Samaavaatin" kalimasidagi “tanvin” ni “to” harfining chiqadigan joyiga yashirib, ozgina dimog‘da g‘unna bilan ushlab turib, keyin “tibaaqo” deyiladi. Ushbu qoidalarni qanday o‘qilishini yozish orqali tushuntirish juda mushkul. Bunday qoidalar faqat va faqat ustozning og‘zidan eshitish orqali o‘rganiladi. Tajvid kitoblariga murojaat etib, bilimingizni oshirishingiz uchun eslatib o‘taman, bu erda “ixfo” qoidasi bor.

26 May 2022, 18:50 | Savol-javoblar | 157 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar