Turli savolarim

Assalomu alaykum! Javoplar uchun barchangizga rahmat. Alloh sizlardan rozi bolsin.
Savolim
1). Nomoz uqiyotganimda kopincha hayolan sajdani bir marta barta bajarganday tuyiladi o‘zimga xato qildimi dep uylap qolaman. Va nima qilishni bilmay nomozni davom etaman. Hurmatli ustozlar shunday vaqtlar nima qilishim kerak?
2). Vitr nomozini xuftonni o‘qip tugatgach nomozdan chiqip darhol ketidan o‘qisa bo‘ladimi?
3). Men bomdod va xufton nomozlarini o‘qiyman va buning uchun ikkita zam sura ishlataman yani sunatda ham farzda ham 2 tadan zam sura o‘qiman (birinchi fotixadan keyin kavsar surasi ikkinchisidan keyin ixlos zam surasi sunatda ham shunday.) Aytinchi men shunday davom etsam bo‘ladimi yoki har bir fotixadan keyin turlicha zam sura o‘qish kerakmi?
4). Boshdan oyoq hushboy hidli sovunlarda cho‘milish o‘sha vaqti og‘iz burunni ham yuvish taxoratga o‘tadimi yoki cho‘milip bo‘lib boshqatan taxorat olish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ikkilanmay ikkinchisini qilib oling. 2). Ikki rak’at sunnatchi? 3). Ixtiyoriz. 4). Sunnatga muvofiq bo‘lishi uchun avval tahorat qilib, keyin g‘uslga o‘tadi. Cho‘milgan kishi ham tahoratda suv tegadigan joylarini yuvgani uchun tahoratli hisoblanadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar