Er ayoliga nafaqa bera olmasa

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hazrat, 2-guruh nogironiman, hozirda nafaqadaman. Shu sababli xonadonimizda ozgina etishmovchiliklar bor. Ayolim “uni onam olib bergan, buni otam olib bergan” deb minnat qilib turadi. Shunda ham qo‘limdan kelgancha harakat qilaman, lekin boshqalarga o‘xshab jismoniy harakatim yaxshi emas, shu sababli Hazrat, ayolimga moliyaviy nafaqasinini 100% bera olmayman. Hazrat bu vaziyatda gunohkor bo‘lmaymanmi, bo‘ynimdan soqit bo‘ladimi? Oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Albatta, bunday holatda toqatdan tashqarisi talab qilinmaydi.

26 May 2022, 18:55 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar