Kredit yoki muddatga qimmatroq sotish
Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Kreditga mashina olinsa, bank uning pulini to‘lab beradi va mijoz bankka yiliga belgilangan miqdorda foiz to‘laydi. Bu harom deyilgan. Hozirda shaxsiy kishilar tomonidan ham mashinani ma’lum muddatga qimmatroqqa sotilyapti. Bunda ular ham muddatning oz yoki ko‘pligiga qarab ustidagi foydani kamaytiradilar yoki oshiradilar. Masalan mashina 10,000 tursa, 1 yilda to‘lab bersa - 13,000, 2 yilda to‘lab bersa - 16,000. Bunday savdo, ya’ni muddatga qimmatroq sotish mumkin deb o‘qigandim. Lekin bu erda ham kreditdagi kabi belgilangan foizga o‘xshashlik borku. Buning sababi ular pulni emas, balki buyumning o‘zini sotayotganliklari uchunmi? Agarda bu ish kasbga aylansachi, ya’ni sotuvchi mashinachi nomi bilan tanilgan. U mashina sotib olmay, uni naqd pul ko‘rinishida saqlab, mijoz kelgandan keyingina birgalikda bozorga tushib, ikkovlariga yoqqan mashinani sotib olib, ustiga foydasini qo‘yib bersachi? Avvaldan katta raxmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ha, ular buyumning o‘zini sotayotganlari uchun. Buni nasiya savdosi deyiladi. Agar bank ham mashina olib, o‘stiga foyda qo‘yib, nasiyaga sotganida to‘g‘ri bo‘lar edi.
26 May 2022, 20:39 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar