Namoz o‘qishlik makruh bo‘lgan vaqtlar muddati (2)
Oldindan uzr so‘rayman, yana sizni namoz o‘qishlik makruh bo‘lgan vaqtlar haqidagi savol bilan bezovta qilyapman. Oldin savol berganimda (https://savollar.islom.uz/savol-28602/) faqat juma kunidagi istisno holatni aytgandingiz. Biz bilmoqchi bo‘lgan asosiy masala:
1. Namozni quyosh chiqishiga qancha qolganida o‘qimaslik, ya’ni to‘xtatish kerak?
2. O‘qish makruh bo‘lgan qiyom vaqti qancha vaqt davom etadi? Ya’ni Quyosh qiyom holatiga kirishidan va chiqishigacha bo‘lgan muddat.
3. Kun botishiga qancha vaqt qolganda namoz o‘qishni to‘xtatish kerak? Bunga ulomalarning fatvosi qanday?
.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Quyosh doirasining yuqori qismi ufqdan chiqishni boshlashida to‘xtatish kerak. 2. Buni kitoblarda minut yoki sekunt bilan ifoda qilinmagan. Har bir narsaning soyasi harakatdan to‘xtashi qiyom bo‘ladi. Soyaning orqaga qaytishni boshlashi qiyom holatida chiqish bo‘ladi. 3. Quyosh doirasining pastki qismi ufqga botishni boshlashi bilan namoz o‘qish to‘xtatiladi.
26 May 2022, 18:59 | Savol-javoblar | 167 | Namoz