Jannatdagi birinchi ta’om

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, birodarimiz bilan bir masalada baxslashib koldik. Baxsimiz mavzusi muslim banda jannatga doxil bulgan takdirda birinchi bulib istemol kilinagan ta’om xakida buldi. Shu borada batafsil ma’lumot berishingizni iltimos kilamiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizlar umringizning qadr-qiymatini bilmas ekansizlar. O‘sha baxsga ketgan vaqtda Qur’on o‘qish, farz bo‘lgan ilmlarni o‘rganish, salovatlar aytish sunnatlarni o‘rganish bilan shug‘ullanganingizda edi dunyo va oxiratingiz uchun foydali bo‘lar edi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 06:40 | Savol-javoblar | 175 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar