Ombordagi mollarning zakoti

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men tadbirkorman. Alhamdulillah, qo‘ldan kelganicha har yil zakot berib turaman. Ammo bir masala meni o‘ylantirib qo‘ydi. Mening omborimda shunday mollar borki, 2-3 yildan beri sotilmaydi va hozir narxiyam ancha tushib ketgan. Lekin shu mollarning ham zakotini chiqarib turardim. Tanishlarimdan biri “bu tur moldan zakot chiqarilmaydi” dedi. Shunga aniqlik kiritmoqchi edim. Tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Chiqariladi. Chunki ularni sotish uchun ushlab turilibdi.

26 May 2022, 19:09 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar