Befoyda suhbatlarda bo‘lish
Assalomu alaykum! Ustozlar, dunyoviy va befoyda suxbatlarda bo‘lishning yoki ularga qo‘shilib gaplashib kulishib yurishning qalbga ta’siri bormi? Yoki bunaqa suxbatni tark etish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Masjid Allohning uyi deyiladi. Bu borada juda ko‘p hadislar kelgan. Uni toza tutishga targ‘ib qilingan va bu ishni musulmonlar a’lo darajada bajaradilar. Tashqaridan ichkariga chang, tuproq yoki tosh kirsa tezda uni tashqariga chiqaradilar. Najosat tegsa suv bilan poklaydilar. Xuddi shuningdek insonning qalbi ham Allohning uyi hisoblanadi. Ko‘z, quloq, burun, og‘iz va miya uning darvozalari hisoblanadi. Qalb Alloh taoloning nazargohidir, hadislarda quyidagicha keladi: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ اللهَ لَا يَنْظُرُ إِلَى صُوَرِكُمْ وَأَمْوَالِكُمْ وَلَكِنْ يَنْظُرُ إِلَى قُلُوبِكُمْ وَأَعْمَالِكُمْ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَابْنُ مَاجَهْ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, Alloh suratlaringizga va molu dunyolaringizga nazar qilmaydi. Lekin qalblaringizga va amallaringizga nazar qiladi», dedilar».
Muslim va Ibn Moja rivoyat rivoyat qilganlar. ("Hadis va Hayot" kitobidan).
Uni ham toza tutishimiz shart. O‘sha toza tutishimiz najotimizning asosidir. Alloh taolo “Shuaro” surasida marhamat qiladi: يَوْمَ لَا يَنفَعُ مَالٌ وَلَا بَنُونَ 88. U Kunda na mol va na o‘g‘illar manfaat bermas. إِلَّا مَنْ أَتَى اللَّهَ بِقَلْبٍ سَلِيمٍ 89. Alloh huzuriga salomat qalb keltirganlargina, mustasno.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining bir hadislarida “Surat va it bor uyga rahmat farishtalari kirmas” deganlar. Xuddi shuningdek Alloh norozi bo‘lgan surat va ruhiy bemorliklar bor qalbga rahmat yog‘ilmas. Zamonamizning mashoyixlaridan Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahulloh: “Hozirgi kunda bizning qalblarimiz axlat qutisiga aylanib qoldi. Unga biz hamma narsani tashlayveramiz, uni ichida nomahramlarning surati, kibr, hiqd-adovat, musiqa, yomon film, hasad, mo‘minlarga bo‘lgan nafrat, Alloh harom qilgan narsalarga muhabbat bor” deganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:22 | Savol-javoblar | 157 | Islam