Mollar vaznining kamayishi
Biz ulgurji mol sotib olib, maydalab sotamiz. Ko‘p mahsulotlar qoplarga qadoqlangan bo‘lib, vazni kilogrammlarda belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Olishda tarozi orqali emas, qoplarda ko‘rsatilgan vaznni qoplar miqdoriga ko‘paytirish orqali qabul qilamiz. Lekin aksariyat hollarda mahsulotlarimiz ishlab chiqarilganidan sotilgunga qadar davr orasida og‘irligidan yo‘qotadi. Ya’ni qadoqlarda 25 kg yozilsada, yuklash-tashish va saqlash davrida issiqlik va tukilib-sochilishlar oqibatida 300-500 gr atrofida kamayadi. Shularni butun qadoqda sotganimizda ko‘pchilik tarozida tortmay olishadi (kam chiqishini biladiganlariyam bilmaydiganlariyam bor), ba’zilar esa vaznini to‘g‘rilab berishni so‘rashadi va biz ularning talablarini qondiramiz. Aksariyat xaridorlarimiz shu qadoqdagi mahsulotlarni yozuviga ko‘ra rozi bo‘lib sotib olishlari biz uchun etarlimi yoki har birlariga so‘rasa-so‘ramasa o‘z hisobimizdan vaznini to‘g‘rilab berishimiz kerakmi? Ya’ni hamma xaridorga bir xilda munosabat bo‘lishi shartmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hamma xaridorga bir xilda munosabat bo‘lishi shart.
26 May 2022, 19:11 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hamma xaridorga bir xilda munosabat bo‘lishi shart.
26 May 2022, 19:11 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar