Namozdan keyin sajda

Assalomu alaykum! Namozimni tugatib bo‘lib, duolarni qilib, oxirida o‘rnimdan turishdan oldin sajda qilib “Subhana Robbial A’la”ni aytib keyin turaman. Shu ishim to‘g‘rimi bid’at emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bir narsani unutmang. Amallarning oyat va hadisda kelganlarigina ibodat hisoblanadi. Undan boshqa biror bir amalni savob umidida qilish bid’at hisoblanadi. Siz qilgan ishni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qilmaganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:28 | Savol-javoblar | 179 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar