Shayton bilan shartnoma tuzish

Assalomu alaykum! Ko‘p insonlardan “bu dunyo uchun shaytonga ko‘nglini sotgan” yoki “shayton bilan shartnoma tuzgan” degan gaplarni eshitib xayron bo‘lib qoldim. Bunday narsalar haqiqatdan ham  mavjudmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har qanday folbin, sehrgar, “momolarim, bobolarim” deguvchilar shayton bilan shartnoma tuzganlardir. Ulardan sodir bo‘layotgan g‘ayri tabiy ishlar Allohga muqarrablikning alomati emas. Arzimas dunyoni deb inson oxiratini boy bermaslik kerak. Aslida ular ham uzoqqa bormaydilar, biz bilgan o‘shanday folbinlarning eng mashhurlaridan biri hozir o‘zining najosatini eb qo‘yadigan bo‘lib qoldi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 20:17 | Savol-javoblar | 175 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar