O‘rtada turib narsa olib berish
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men tilni yaxshi bilganim uchun tashqi aloqalarni yaxshi qilaman Bir do‘stim bozordagi molini doim qimmat olib, “arzon topsam, bozorda raqobat kuchli” deb yurardi. U 105 dan olardi,”100 dan topsam” deb yurardi. Men esa 90 dan topdim. U “arzon topsang, har yuk olganimda 50 $ dan beraman” deyapti. Men esa “yo‘q, sen o‘zing yoqtirgan narxni ayt, men o‘sha pulga topib beray” deyapman. U 100 deyapti. Men 90 dan olganimni aytmay, unga 100 dan olib bersam bo‘laveradimi? Shunday bulsa menga 1000 $ qoladi. Agar “to‘lovni ko‘paytir” desam, u “yo‘q, faqat 50 $ beraman” deyapti. Iltimos nima qilsam to‘g‘ri bo‘ladi, yo‘l ko‘rsating.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz qilmoqchi bo‘lgan ish noto‘g‘ri. Unda yolg‘on va aldov bor. Siz u bilan kelishib oling. Misol uchun, men sen aytgan narxda topib beraman, u yog‘i bilan ishing bo‘lmaydi, kabilar bilan.
26 May 2022, 19:12 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar