Olloh Abu Bakr Siddiqning roziligini so‘raganmi
Assalomu alaykum! Mavlavi Ahmad Firuz domlaning ma’ro‘zalarida eshitdim; Umar r.a uyidagi narsalarining yarmini va Abu Bakr Siddiq (r.a) uyidagi hamma narsalarini Islom uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga olib keldilar. Abu Bakr (r.a.) kiyimlarini tuguni yo‘q edi, tikon bilan tikib qo‘ydilar. Shunda Jabroil (a.s) kelib so‘radilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bo‘lgan voqeani aytdilar. Jabroil (a.s) Olloh Abu Bakrning roziligini so‘rayapti deb xabar beradilar. Abu Bakr (r.a.) yig‘lab men Sendan roziman yo Parvardigor deb aytdilar. Shu ma’nodagi hadis sahihmi, barchamiz Ollohning roziligi uchun harakat qilar ekanmiz, Olloh Abu Bakr (r.a.)ning roziligini so‘raganmi?. 2. Xorijda, Vengriya davlatida o‘qiyman. Darsdan keyin Makdonalds restoranida ishlayman, asosiy vazifam burger bulochkalarini, ya’ni nonini pechda qizdirib beraman. Ba’zida topshiriq bo‘ladi - mol go‘shtidan qilingan kotletlarni maxsus tokli pechda pishirib beraman. Yana ba’zi holatlarda cho‘chqa go‘shti kotletini pishirishni so‘rashadi, ko‘p holatlarda boshqalarga aytaman, chunki cho‘chqa go‘shti mumkin emas, lekin baribir, masalan bir kunda 6 soat ishlasam shundan taxminan 5-10 minut vaqtim shunga ketadi, bu har doim bo‘lmaydi lekin, iloji boricha uzoq turaman. Shu erda oladigan oyligimga ko‘p holda shubhaga boraman, oyligimning barchasi nomaqbulmi yoki faqat o‘sha cho‘chqa go‘shtiga sarflagan vaqtim uchun oladigan oyligimmi. Nima qilay, iltimos maslahat bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imom Bag‘oviy Tafsirida rivoyat qilgan, u kishidan Ibn Kasir naql qilib, “bu xadisning sanadi zaif” deb aytgan. Imom Qurtubiy ham tafsirlarida keltirgan. Bu odamlar orasida tarqalgan zaif xadislardan biri bo‘lib, biror bir xadis kitoblarida keltirilmagan. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 00:24 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar