O‘rtamizdagi xatoliklardan kimga qanday gunoh?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men bir o‘zimga yaqin bo‘lib qolgan akam bilan sherikchilika kelishilgan xolda tijorat boshlagan edim. Kelishish bo‘yicha men ish ya’ni sovdo sotiq qilar edim. Akaxon esa, faqat pul tikar edilar. Foydani teng ikkiga, ba’zan ko‘prog‘i ularga bo‘lar edi. Oradan yillar o‘tib mening ahmoqligim va meni xatoyim bilan katta pulga tushib pullar meni qo‘limda yo‘q bo‘lib ketdi. Bir kuni aka kelib pullarni so‘ray boshladi. Men pullar yo‘q bo‘lib ketgani va katta pulga tushganimni, shu tijoratdan va o‘zimning boshqa ishim sababli tushib qolganimni va pullarni hammasini sekin sekin qaytarishimni, Allohni o‘rtaga qo‘yib jonim omon bo‘lsa to‘lashimni aytib ko‘p marotaba kechirim so‘rasam ham, meni xar xil urish, qo‘rqitish va oilamga kelib ota onamni ham so‘kishgacha bordi va oxirida men uyda yo‘q paytimda kelgan. Onam bilan ayolim chiqqan vaqtda meni so‘rabdi. Onam va ayolim “falon joyga, falon ish bilan ketgan” deganda, onamni va ayolimni taxqirlab, so‘kib, baqirib, ko‘chadagi odamlarni oldida “ilohim, shu xonodonlaringda rushnoli ko‘rmalaring, boshlaring kulfatdan chiqmasin” deb qarg‘ab, “o‘g‘linga aytib qo‘y, men kechdim o‘sha puldan” deb ketibdi. Shu bo‘lib o‘tgan ishlarda kimga qanday gunoh? Men nima qilishimni maslahat berasiz?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Har kimga qilganiga yarasha gunohi. Sizga o‘zingiz aytgan narsalarning gunohi. Unga ayollarni haqorat qilgani gunohi.

26 May 2022, 19:13 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar