Furqon va sayt haqida

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Iltimos bir-biriga aloqasi bor ikkita savolimga javob bersangiz! 1) islom.ziyouz.kom saytida shunday fatvoni o‘qib qoldim: Qur’on xatm qilingach, qorilar Oyatul kursiyni, Baqara surasining oxirgi oyatlarini o‘qishiga dalil: Savol: Qur’on xatm qilingach, qorilar Oyatul kursiyni, Baqara surasining oxirgi oyatlarini va boshqa oyatlarni qayta o‘qishadi. Buning shar’iy asosi bormi? Javob: Bunday qilishga shar’iy asos yo‘q. Aksincha, «Itqon» kitobida bunday qilish odobsizlik, deyilgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hazrati Bilol roziyallohu anhuni, Qur’oni karim oyatlarini terib o‘qishdan qaytarganlar (Abu Dovud). «Naf’ul muftiy» kitobida bu odat makruh deyilgan. Shu to‘g‘rimi? 2) Ushbu saytni (islom. ziyouz.kom) o‘qisa bo‘ladimi? Sizni Alloh sog‘ va salomat qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu sayt haqida menda bilim yo‘q.

26 May 2022, 19:20 | Savol-javoblar | 143 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar