Ribo bo‘lib qolmaydimi 2
Alloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin. Hazrat, avvalgi "ribo bo‘lib qolmaydimi?" nomli savolimga javob berganingiz uchun rahmat, lekin men javobga biroz tushunmadim, javob bunday "ushbu mahsulotni umumiy narxi uch million so‘m, menga shuni berasan, qanchadan sotish o‘zingning ishing qabilida bo‘lsa, joiz" hazrat, hozirda mahsulot ham pul xam yo‘q, chunki u ham nasiyaga sotgan pulni olgan yoki olmaganini bilmayman, og‘aynimni qarzi esa 5 350 000 so‘m va bu pulga taxminan 75 ta mahsulot tayyor bo‘ladi, mahsulotni esa mavsumdagi ulgurji narxi o‘rtacha 1 donasi 100 000 so‘m atrofida bo‘ladi (bu ikki, uch yildan beri bo‘layotgan narxi) biz og‘aynim bilan mavsumda mahsulotni 1 donasi necha pul bo‘lsa (bu yil qancha bo‘lishini Alloh biladi) xoh u 50 000 xoh 150 000 shuni umumiy narxda pulini olishga kelishdik, misol uchun 75 ta mahsulot 100 000 dan bo‘lsa 7 500 000 so‘m bo‘ladi. Shunda men oladigan 7 500 000 so‘mga ribo aralashib qolmaydimi? Qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr so‘rayman. Javob uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bari bir.
26 May 2022, 19:25 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bari bir.
26 May 2022, 19:25 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar