Vafot etganlarga etib boradigan amal
Assalomu alaykum! Yaqinda onam butun dunyoga kelgan kasallik tufayli olamdan o‘tdilar. Bu kasallikka chalinishlari va o‘limlariga o‘zimni beparvoligim va bemehrligim sabab bo‘ldi degan o‘ydaman. Savolim shuki bunday o‘ylashimdan onamlarga azob berilmaydimi? Va ikkinchi savolim. Onamni qazo namozlari bor edi. Shu qazo namozlarini o‘rniga o‘tadigan qandaydir ish-amal qila olamanmi? Bo‘lsa nima amal? Va ohirgi savolim. Vafot etganlar uchun o‘qiladigan eng afzal so‘ra bormi? Hozirda Taborak surasini o‘qib turibman. Ilmsizlik tufayli noo‘rin savollar bergan bo‘lsam uzr. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bir narsani unutmang insonning ajali etmagunicha hech ham vafot topmaydi. Ajali etsa nimadir sabab bo‘ladi. qazoi qadarga iymon keltirish iymonning shartlaridan. Agar Alloh onangizni vafot topishini xohlamaganida sizni ko‘nglingizga nimadir qilishni solib qo‘ygan bo‘lardi. Qo‘lingizdan kelganicha topganingizni faqir-miskinlarga berib savobini onangizga bag‘ishlang. Oz demang, kaatta qilib riyo ham qilmang. Bardavom bo‘lsin. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 14:41 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar