Qobil va Hobil

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Sizga sog‘lik salomatlik tilagan holda savol yuboryabman. Ustoz Qur’on oyatlarining ma’no tarjimalarini o‘qiy turib bir narsaga duch keldim. Abdulaziz Mansur tarjimalarida Moida surasining 27-oyatida “Ularga Odamning ikki o‘g‘li (Qobil va Hobil) haqidagi xabarni haqiqati bilan o‘qib bering! Ikkisi qurbonlik qilganlarida, birlaridan qabul qilindi, unisidan esa qabul qilinmadi. (Qurbonligi qabul bo‘lmagan Qobil akasi Hobilga): "Seni, albatta, o‘ldirajakman!" - dedi. (Hobil) esa: "(Qurbonlikni) Alloh aslida taqvoli kishilardan qabul qilur”, deb tarjima qilingan. Alouddin Mansur tarjimalarida esa Qobil aka Hobil esa uka deyilgan. Abdulaziz Mansur tarjimlarida ko‘rib turganingizdek Qobil akasi Hobilga deyilmoqda. Ustoz qaysi tarjima to‘g‘ri? Odam alayhissalomning qaysi o‘g‘illari katta bo‘lishgan Qobilmi yoki Hobilmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alouddin Mansur tarjimasi to‘g‘ri.

26 May 2022, 19:27 | Savol-javoblar | 154 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar