Inson bilan inson o‘rtasidagi haqlar
Assalomu alaykum! Inson bu hayotda yashar ekan o‘zi xohlagan va xohlamagan, bilgan va bilmagan tarzda (1) boshqa insonlardan qarzdor bo‘lishi, ularni xafa qilib qo‘yishi, g‘iybat, tuhmat umuman hammasi yoki aksincha (2) uning o‘zidan kimlardir qarzdor bo‘lishi, xafa qilgan bo‘lishi, g‘iybat, tuhmat va boshqa inson bilan insonning o‘rtasidagi gunoh ishlar bo‘lishi mumkin. Savolim shundan iboratki yuqoridagi 2-holat bo‘yicha, Allohim roziliging uchun hamma insonlardan roziman deyishlik va rozi bo‘lishlik qanchalik to‘g‘ri. Va agar bu to‘g‘ri bo‘lsa 1-holat bo‘yicha bu insonning hisob kitobi qanaqa bo‘ladi ya’ni inson bilan inson o‘rtasidagi haqlari.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oxirat kunida bandalarning bir-birlaridagi haqi zarra miqdoricha bo‘lsa ham undirib beriladi. Sizning zimmangizda kimlarning haqi qolib ketgan bo‘lsa barchalarini topib, roziliklarini oling. Bilmaslik uzr bo‘la olmaydi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, qiyomat kuni haqlarni o‘z ahliga ado qilinur. Hattoki, shoxli qo‘ydan shoxsiz qo‘yga o‘ch olib beriladi», dedilar».
Ikkisini Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu dunyoda ba’zi bir yomonlar o‘z yomonligining ba’zisining jazosidan qutulib qolishi mumkin. Ammo qiyomat kuni hech bir haq zoe bo‘lmaydi. Har bir narsa o‘z o‘rnini topishi muqarrar. Bunda faqat odamlar orasidagi haq-huquqlargina emas, balki barcha maxluqotlar orasidagi haq-huquqlar ham o‘z egasini topadilar.
Hattoki bu dunyoda o‘zining shoxi borligidan foydalanib, shoxsiz qo‘yni suzgan qo‘ydan ham o‘ch olinadi. Bas, shunday ekan, odam bolalari ham o‘zlarining «shox»larini ishga solib, o‘zgalarning haqqini poymol qilishga urina ko‘rmasinlar. Vallohu a’lam!
16 Sentabr 2022, 17:10 | Savol-javoblar | 119 | Turli savollar