Hajga homilador ayol bilan borish

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Xorijdaman. Hajga borishga qattiq niyat qilgandik. Yaqinda ayolimning homilador ekanligini bilib qoldim. Hajga olib boruvchi idora xodimi (musulmon) va kasalxonada ayolimni tekshirgan vrach ikkalasi ham bormaslikni tavsiya qildi. Shifokor (musulmon emas) “hali hajda qanaqa harakatlar qilinishini bilmasdan turib bormaganinglar ma’qul, uzoq yo‘lga uchqichga minmaganinglar ma’qul” dedi. Hajning vaziyatni tushuntirganda esa, “men yanada bormanglar deb qolaman, lekin qarorni o‘zlaringiz qabul qilinglar” deyapti. Ayolim esa, hali homilador bo‘lmasdan oldin qattiq niyat qilganimiz uchun “O‘laman sattor boraman” deyapti. Qolaversa “istixora namozi o‘qidim, tushimda samalyotda Hajga ketayotgan ekanmiz” dedi. Idora xodimi u er juda issiq va Mino arafasida juda tiqilinch bo‘lib, homilador ayolga zarar etishi mumkinligini va idora hech qanday kafolat bermasligini aytdi. Ayolim, Vrach va Idora xodimi. Kimga quloq solay?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Istixora qiling.

26 May 2022, 19:31 | Savol-javoblar | 176 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar