Yangi namozxon
Assalomu alaykum! Aziz Ustozlar, man namoz o‘qishni yaqinda boshladim (Hozircha faqat Juma namoziga chiqvomman). Ammo xali namozni mukammal o‘rganganim yo‘q. Man shu kungacha yodlashga qiynalganim va tan olaman eringanim uchun qa’dada o‘tirganda: «Attaxiyyat» va «Salavot»larni aytolmasdim. Faqat Robbana duosini o‘qib qo‘yardim xalos. Savol:1). Shu kungacha (Attaxiyyat va Salavatsiz) o‘qigan Juma namozlarimni xukmi qanday bo‘ladi?
2). Agar manga o‘xshagan (o‘qishni yangi boshlagan) odam namoz paytida suralarda adashib ketsa nima bo‘ladi?
3). Man bugun juma kunidagi Juma namozida «Attaxiyyat» va «Salavot» o‘qishga xarakat qildim lekin adashib ketaverdim yoki so‘zlari esimga tushmadi va yana shularsiz o‘qidim. Bu (surani chala-chulpa va oxiriga etkazmay o‘qiganim) uchun gunoxkormanmi?
4). Juma namozida niyat 4 rakat sunnatida aloxida va 2 rakat farzida aloxida va yana 4 rakat sunnatida aloxida-aloxida qilinadimi yoki fakat azon aytilib namozga ilk bor saflangandami?
5). Man zam suraga xamma rakatlarda fakat «Ixlos» surasini o‘qiyman, chunki boshqalarini xali yodlamadim. Bu mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Qa’dada o‘tirish farz, attahiyyatni o‘qish vojib. Vojib tark qilinsa namoz ado bo‘ladi. Garchi kamchilik bilan ado bo‘lsada. 2-3). Alloh G‘ofuur Rohiym. 4). Har namozning boshlashdan avval. 5). Yod olguningizgacha mumkin. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 09:03 | Savol-javoblar | 147 | Ibodatlar