Qarzni to‘lash uchun zakot berish
Ota-onalarimiz vafotidan keyin 4 o‘g‘il va 3 qiz qolganmiz. Bir akam va men meros qolgan hovlida yashaymiz. Ancha yillar oldin merosni taqsim qilish uchun yig‘ilib, bir qarorga kelgandik: - katta akamga butun oila jamlanib yordam berib, alohida hovli qurilgani sababli, u kishi meros olishdan voz kechganlar; - o‘rtancha akam ikki opamni rozi qiladigan bo‘lganlar; -men esa kichik akamni va singlimni rozi qiladigan bo‘lganman. Men o‘sha mahaldayoq o‘zimni majburiyatimni ado qilganman. O‘rtancha akam esa shu yillar mobaynida o‘z sharoitlaridan kelib chiqib opamlarga deyarli hech narsa berolmadilar. Bu vaziyatdan chiqish uchun shunday qilishim mumkinmi: Men beradigan zakotimni o‘rtancha akamga bersam va "bu mablag‘ni to‘lig‘icha opamlar oldidagi majburiyatni uzishga sarflaysiz", desam bo‘ladimi? Agar shu ish mumkin bulsa, men beradigan zakot miqdori 12 mln. so‘m (nisob miqdoridan ko‘p) bo‘lsada, akamni bo‘ynidagi majburiyatini ado etishi uchun to‘lig‘icha u kishiga bersam bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Shart qilib zakot berilmaydi.
26 May 2022, 19:34 | Savol-javoblar | 172 | Zakot
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Shart qilib zakot berilmaydi.
26 May 2022, 19:34 | Savol-javoblar | 172 | Zakot