Saudiya qiroli
Assalomu alaykum! Ijtimoiy tarmoqlardi Saudiya qiroli Qur’onni ba’zi oyatlarini o‘zgartirishni aytgani haqida bir maqola o‘qib qoldim. Unda bildirilgan fikr qanchlik haqiqatga yaqin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu asli bor gapga o‘xshamaydi. Lekin bir narsani bilish kerak. Alloh taolo "Hijr" surasida marhamat qiladi: إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَإِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ 9. Albatta, Zikrni Biz nozil qildik va albatta, unga Biz muhofazachimiz.
Ushbu Zikr – Qur’on kofiru mushriklar majnun deb nomlayotgan Muhammad sollallohu alayhi vasallamning to‘qima asari emas. Uni aynan Biz nozil qildik. Uni odamlar inkor qilsalar ham, tan olmasalar ham, yo‘q qilib yubormoqchi bo‘lsalar ham, baribir,
«...albatta, unga Biz muhofazachimiz».
Bu kabi urinishlar qiyomatgacha davom etaveradi. Musulmonlar uchun o‘sha urinuvchini kim bo‘lishligini qizig‘i yo‘q. Unday inson Allohga urush e’lon qilgan hisoblanadi. Tavba qilib olish uchun Alloh undaylarga muhlat berishi mumkin, ammo aslo javobsiz qoldirmaydi. U O‘z kitobini ximoya qilib oladi. Undaylarga biz Abdulmuttolibning Abrahaga “Shak shubhasiz baytni ximoya qilib oladigan O‘z egasi bor” deb aytgan gapini aytishimiz mumkin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:05 | Savol-javoblar | 154 | Kitoblar