Qarz undirishda makr

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Sizga Allohdan qilayotgan ishlaringizga xayru baraka, o‘zingizga salomatlik, omonlik so‘rab savol bilan murojaat qilmoqchiman. Balki savol juda noodatiy tuyular. Bugungi kunda savdogarlarimiz, tijoratchilarimiz duch kelayotgan eng katta muammo bu nasiya masalasi bo‘lib qoldi. Shaxsan men o‘zim bu sohada qiyinchilikka uchrayapman. Xaridorlar kelib mahsulot oladi. Puli etmaydi. Pulini “falon kunga beraman” deb qarz yozdiradi. Hamma ham emas, ba’zi va’daboz insonlar qarzni bermaydi. Telefon qilib aytamiz, tanishlardan ayttirib yuboramiz. Lekin hech undirishni iloji bo‘lmaydi. Xullas maqsadi bermasdan yurish. O‘zini uchratib talab qilinsa “pulim yo‘q, berolmayman” deydi. Lekin boshqa joylardan xaridlar qilib, sarf xarajatni bemalol qilib yurganini ko‘rib qolamiz. Endi shu turdagi insonlardan nasiyani makr-hiyla qilish yo‘li bilan undirib olish mumkinmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mumkin.

26 May 2022, 19:35 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar