Xudoni aldayotgan bo‘lib qolmaymanmi?

Veb saytda o‘g‘il farzand ko‘rishni Xudodan so‘rovchilar "Bismillahil-Ahad, Assomadullazi lam yalid valam yulad, Allohumma inniy sammaytu ma fiy hazal batni Muhammadin bi ismi Muhammadin salollohu alayhi vasallam" duosini o‘qib yurishlari haqidagi savolga, "Bo‘ladi" degan javob olingandi. Duoni mazmunini chaqsam "Ushbu qorindagi homilaga Muhammad ismini qo‘ydim" mazmuni borakan (adashmasam). Shu duoni bir necha oylar davomida ayolimni homilasiga dam solib yurdim. (Yoshi kattalar: "Xotining o‘g‘il tug‘adiyov" degan taxminlarni gapirishmoqda, Alloh rost qilsin). Avvalo Xudoni irodasi, keyin ayolim o‘g‘il tug‘sa-yu, ota onam yoki kattalar istagiga qarab boshqa ism berilsa, Xudoni oldida men yolg‘onchi bo‘lib qolmaymanmi? Javobingizga Alloh ajrini ko‘paytirib bersin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Boshqa ism qo‘ymang. Kattalarga ushbu gapni ayting.

26 May 2022, 19:35 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar