Qazo tutadimi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hazrat meni bir do‘stim saharlikni qilib, og‘ziga shimiydigan tomoq og‘rig‘iga qarshi dorini solib uxlab qolibdi, uyg‘onib qarasa saharlikni vaqti chiqqan ekan. Haligi doridan ozroq miqdorda og‘zida qolgan ekan. Bunday holatda unga qazo vojib bo‘ladimi yoki ro‘zasi durust hisoblanadimi? Uning aytishicha o‘sha kuni u kechgacha hech narsa emay iftorlikni qilibdi. Uning ro‘zasi buzilgan bo‘ladimi? Tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ichiga kirgan bo‘lsa, qazo qiladi.

26 May 2022, 19:35 | Savol-javoblar | 146 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar