Kelinlik sepi haqida

Nasib bo‘lsa men yaqinda uylanmoqchiman. «Yangi» urf odatga ko‘ra kelin tomon kuyov tomonni bo‘shatib qo‘ygan xonasini to‘ldiradi. Men sizning «Baxtiyor oila» kitobingizni o‘qimasimdan oldin bu narsa menga g‘alati tuyulardi, erkaklik nafsoniyatimga to‘g‘ri kelmay, qabul qilolmay yurardim. O‘ylardimki, bu urf-odat bo‘lsa kerak, ilojimiz qancha, deb. Bu kitobni o‘qiganimdan keyin fikrim qat’iylashdi. Xudoga shukur, moddiy jihatimiz etarli. Kelin tomon olib berishi «kerak» bo‘lgan divaniyu-stenkasini, pardasiyu-gilamlarini olishga qurbimiz etadi. Muammo shundaki, men onamga, hamma narsani o‘zimiz olaylik, bo‘lajak qudalaringiz bir jigarini, farzandini bizga ishonib berishayaptiku, shuni o‘zi katta gap desam, Onam: «O‘g‘lim, gaplaring to‘g‘ri! Lekin quda tomon bizga, biz ham qizimizni baxti uchun yig‘ib terganmiz. Yaxshi niyatlar bilan olib bermoqchimiz, desa nima deymiz? Agar olmasak, quda tomon, narsalarimizni pisand qilmadi, deb uylashlari mumkin», deyaptilar. Hazrat, maslahat bering.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Tushuntirish kerak. Quda tomon ham qiziga emas, keliniga olib beradi, deyish kerak. Quda tomon bilan birga maslahat qilib ularga tushuntirish lozim.

26 May 2022, 19:56 | Savol-javoblar | 196 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar