Onamni shirkdan qaytarish

Assalomu alaykum! Men o‘z onamga shirk amallarini (ya’ni momolarga chiroq yoqmang, folbinga borish gunox, bibiseshanba, mushkulkushodlar bid’at amal deyish) qilmang deb aytishim mumkinmi? Chunki ular "xamma shunaqa qiladi, otinoyilar xam" deb baxslashsa, men shu kanaldagi ma’lumotlar asosida qarshi fikr aytsam ranjitib gunoxkor bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ranjitadigan shaklda aytmang, ammo “mana bu shariatimizni hukmi” deb taqdim qiling. Baxs va tortishuvlarga bormang. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 19:59 | Savol-javoblar | 150 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar