Qog‘ozdan foydalanish

Umiringiz ziyoda bo‘lsin. Hazrat, men davlat ishida ishlayman. Sizning saytlaringizdan o‘qigan va ta’sirlangan hadislar yoki hodisalarni «chernavik» qog‘ozga chiqarib, uyga olib ketaman, ahli ayolim o‘qib ilmi ziyoda bo‘lsin deb. Lekin bu o‘zimiz ishlatgan va xato yozish natijasida «chernavik»ka aylangan yoki boshqa tashkilotlarimizdan kelgan hisobotlarning muddatlari o‘tib «chernavik» qilishga yaraydigan qog‘ozlar bo‘lib davlat byudjetidan olingan. Shunga ushbu ma’lumotlarni «chernavik»ka chiqarib olib ketish uchun kimdan ruxsat so‘rasam bo‘ladi? Rahbarim bunga qarshilik qilmaydi. Ammo qog‘ozlar davlat xazinasidan olingan pullar evaziga kelgan. Shunga qanday maslaxat berasiz? Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Baribir rahbarning ruxsati kerak.

26 May 2022, 20:00 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar