Halol va xarom taomlar xaqida
Assalomu Alaykum Muxtaram Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Xazratlari! Avvalo Sizni kirib kelayotgan 1431 hijriy yili va boshlanayotgan Muqaddas Muxarram oyi bilan tabriklayman! Yaratgan Poku Parvardigordan barchamizga raxmat va mag‘firatlar tilagan xolda Sizga bir kichik savolim bor! Biz do‘stim bilan o‘tirib nima xaromu nima halolligi to‘g‘risida bahslashib qoldik Shu baxsimiz borasida biz albatta aroq, vino, pivo va boshqa alkogol ichimliklari xaromligini ta’kidlagan holda qimiz va kvasning halol yoki xaromligi to‘g‘risida bir to‘xtamga kela olmadik. Chunki Qur’oni Karimda barcha achitilgan narsalar xarom qilingan degan fikr bilan do‘stim kvasning xaromligini uqtirdi. Men bo‘lsam u xolda qimiz xam otning sutidan achitilib tayyorlanishini shuningdek non tayyorlash uchun xam xamirturush yoki droja qo‘shib xamir ko‘ptirilishini, u xolda non ham halol bo‘lmay qoladimidegan savol bilan ikkimiz ham to‘xtab qoldik. Sizdan ushbu savolimizga javob kutib qolamiz. Oldindan bergan be’mani savolim uchun uzr.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qimiz hanafiy mazhabi bo‘yicha halol. Kvas ham achitish gradusli bo‘lish darajasiga etmasa halol.
27 May 2022, 05:54 | Savol-javoblar | 178 | Halol va harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qimiz hanafiy mazhabi bo‘yicha halol. Kvas ham achitish gradusli bo‘lish darajasiga etmasa halol.
27 May 2022, 05:54 | Savol-javoblar | 178 | Halol va harom