Qazo namozlarni o‘qishdagi niyat
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ustoz mening zimmamda kamida 10 yillik qazo namoz bor, men o‘sha qazo namozlarni o‘qish uchun jadval qilib oldim. O‘sha o‘n yillikni har bir kunini hijriy va grogoryan taqvimi bo‘yicha yozib chiqdim. Har bir o‘qigan kunni tagiga chizib o‘qildi deb yozib qo‘yaman. Lekin bir muammo bo‘lib turibdi, ya’ni agar men misol uchun 2000 yilning 4 may kuni qazolarani o‘qimoqchi bo‘lsam, quyidagilarni aytishim kerak bo‘ladi: 2000 yilning 4 may kunining bomdod namozining sunnati yoki farzini qazosini o‘qishni niyat qildim. Ushbularni aytishning o‘rniga men bomdodning sunnati yoki farzini qazosini o‘qishni niyat qildim desam bo‘ladimi yoki yuqorida keltirgandek to‘liq aytishim kerakmi? (Har bir namozni o‘qishdan oldin jadvalga qarab qaysi kun, oy, yilning namozini o‘qiyotganimni bilib turaman.)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Avvalo sunnat namozlar qazo qilinmaydi. Farzlarni o‘zingiz aytgandek qilish yaxshi.
26 May 2022, 20:01 | Savol-javoblar | 172 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Avvalo sunnat namozlar qazo qilinmaydi. Farzlarni o‘zingiz aytgandek qilish yaxshi.
26 May 2022, 20:01 | Savol-javoblar | 172 | Namoz