Qishloq jom’e masjididagi tajvidsiz imom

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Yaqinda qishloqdagi jome masjidga juma namozini o‘qish uchun kirgandim (juma namozida 10-15 ta odam bor edi). Imom Qur’on oyatlarini tajvid qoidalariga umuman amal qilmasdan o‘qiy boshladi, hatto, Fotiha surasidagi ba’zi so‘zlar tushirib qoldirildi. Kamina tajvid qoidalarini bilganim uchun namozdan salom berib chiqib, uyga borib peshin namozini o‘qidim. Savol: yonimdagi sherigim tajvid qoidalarini bilsa ham jamoat bilan juma namozini o‘qidi. Bunday holatda nima qilish kerak? Javob uchun oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tajvidni biladigan odam bilmaydigan odamga namozda iqtido qilmaydi.

26 May 2022, 20:03 | Savol-javoblar | 143 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar