Ro‘zada ovqatlanish
Assalomu alaykum! Men shu ramazon oyida ro‘za tutishni niyat qilgan edim. Ammo ro‘zadan 2 kun oldin ayrim sabablarga ko‘ra ovqatlana olmadim. Qattiq charchoq sababli 1-ro‘za kuni saharik paytida uxlab ham qolibman. Shu kuni ertalab ro‘zaga niyat qildim. Lekin kunduz kuchli ochlik sababli ovqat edim. Endi juda afsuslanyapman. Men endi qazo ro‘za tutamanmi yoki kafforatmi? Bugun ro‘zaning 2-kuni. Agar mumkin bo‘lsa ertadan ro‘zani davom qildirib ro‘zadan keyin 2 kunlik qazo tutsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kuchli ochlik sabab ochgan bo‘lsangiz faqat qazo tutasiz. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 15:26 | Savol-javoblar | 140 | Ro‘za
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kuchli ochlik sabab ochgan bo‘lsangiz faqat qazo tutasiz. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 15:26 | Savol-javoblar | 140 | Ro‘za