Oilamdagilar tushunishmayapti
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men o‘zimizni oilaviy do‘konimizda akalarim bilan ishlayman. Peshin va asr namozlariga chiqib kelishim uyimdagilarga malol kelib meni ko‘p urshishyapti, “ish vaqtida chiqma uyga kelib o‘qiyver” deyishadi. Ularga har namozni o‘z vaqti borligini tushuntiraverib charchadim. Otam ham “menga aql o‘rgatma shunaqa odamlar bor namoz o‘qimay ichsa ham sendan savobi ko‘p” deb meni jerkib, so‘kib ketadi. Onam akalarim ham ularga qo‘shimcha xech qaysi biri namoz o‘qimagani uchun, buning farzligiga baparvo bo‘lib bo‘lmasligini tushuntirish uchun qancha urinmay befoyda. Hatto Qur’on va hadislardan, sizlarning bergan javoblaringizdan ham urinib ko‘rdim. Ular bilan bu borada kelisholmayabman, hatto zakot berish kerakligi xaqida ham juda qattiq xafalashib qolgandim. O‘zlarini aytishicha men sog‘ odamlar qatoriga qo‘shishmas ekan, kitob o‘qiyverib bilganlarimga amal qilishga harakat qilib yurganlarim uchun miyam aynib qolgan ekan. Aslida dardimni Rabbimdan boshqasiga aytishni xohlamayman, lekin nima qilay maslaxat beringlar, meni hech kim tushunmayapti?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bardavom va mustahkam bo‘ling. Hasan Basriy rahmatullohi alayh “Agar sahobalar tirilib kelsalar sizlar ularni dinga amal qilishlarini ko‘rib majnun deb o‘ylar edinglar. Ular esa sizlarni ko‘rib "Bular musulmon bo‘lmasalar kerak” deb o‘ylashar edi"– deganlar. Sahoba roziyallohu anhumlarning tomonida bo‘lganingizdan xursand bo‘ling. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 21:23 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush