Hayotdagi holat

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, agar inson halol mehnat qilib, birovning haqiga xiyonat qilmay, musulmonlarga harom narsalar aralashmaydigan ishda ishlasa-yu, uning boshlig‘i yoki xaridorlari unga halol bo‘lmagan pul orqali xizmatiga haq to‘lashsa bu unga halolmi? Ya’niki musulmon inson har bir xaridorini yoki oylik beradigan boshlig‘ini tekshirishi surishtirishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hozirgi kunda o‘zi halol ish qilib xizmat haqi olish ham g‘animat. Ochiq-oydin fohishalidan topgan pulim, aroq-vinodan topgan pulim demasa ishlab maosh olavering. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 11:07 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar